Fanni o’qitishdan maqsad – Sanoat korxonalarida maxsulot ishlab chiqarishdagi sarf xarajatlarni hisoblash uchun texnologik qurilmalarni energetik va resurs hajatlarini hisoblash, texnologik jarayonlarni hisoblashda iqtisodiy tejamkor qurilmalarni tanlashni, texnologik qurilmarni tanlash mezonlari, maxsulotlarni qayta ishlash jarayonida sarf bo’ladigan energiya hisoblash hamda texnologik jarayonlarni qonununitini asosida qurilmalarning  ishchi xarakteristikasini  va tuzilishi haqida bilimga ega bo’lgan nazariy bilimlarni amalda tadbiq eta oladigan bakalavrlarni tayyorlashdan iborat.

Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarga oziq-ovqat va boshqa barcha turdosh sanoatdagi barcha texnologik jarayonlar va qurilmalarni turlarini va asoslarni o`rgatishdir. “Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar” fanini o`zlashtirishning nazariy asoslarini chuqurlashtirib, jarayon va qurilmalari o`rganishga ijobiy yo`ndoshish  imkonini beradi. Undan tashqari, bu fanda kimyo texnologiyasini qurilmalarini hisobida gidromexanik, issiqlik, modda almashinish va mexanik jarayonlarni hamda kimyoviy reaktsiyalarning qonuniyatlarini kimyoviy qurilmalarini hisobida to`g’ri qo`llashni o`rganish.

        Ushbu maqsadga erishish uchun-asosiy jarayon va qurilmalarning nazariyasi, ushbu jarayonlarni amalga oshiruvchi mashina va qurilmalarning tuzilish printsiplari va ularni hisoblash uslublarini o`rgatishdan iborat.

      Fanni o’qitish maqsadi talabalarga sanoatdagi jarayon va qurilmalar to`g’risida to`liq tushuncha hosil qilish, texnologik jarayonlar ketma-ketligi va tasnifini tasavvur qila olishdir, talabalar umumiy holda oziq-ovqat sanoatida tegishli barcha jarayon va qurilmalar tuzilishini to`liq bilishini ta`minlaydigan tushuncha hosil qilish.