O‘lchash vositalari va tizimlari. O‘lchash vositalari o‘lchashlarda ishlatiladi va ular normallashgan metrologik xossalarga, ya’ni kattaliklarning ma’lum sonli kiymatlariga hamda o‘lchash natijalarining aniqligi va ishonchliligini ifodalovchi xossalarga ega bo‘ladi.

O‘lchash vositalarining asosiy turlariga o‘lchovlar, o‘lchash asboblari, o‘lchash o‘zgartkichlari va o‘lchash kurilmalari kiradi.

O‘lchov – berilgan o‘lchamdagi fizik kattalikni qayta o‘lchash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasi. Masalan, qadoqtoshmassa o‘lchovi; o‘lchov rezistori – elektr qarshilik o‘lchovi; yoritish lampasi – yorug‘lik o‘lchovi va h.k.


Zamonaviy boshqarish nazariyasi fani ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish asoslarini, ularni matematik loyihalash, barqarorlik va boshqarishning sifat ko'rsatgichlarini tahlil qilish usullarini o'rganuvchi fan hisoblanadi. Talaba ushbu fanni o'zlashtirish orqali boshqarish tizimlarining qurilmalarini, elementlarini, rostlagichlarni qanday tanlash va ishlab chiqarishda qo'llash asoslarini o'rganadi.