Sug’urta ishi fanining predmeti bo’lib korxona va tashkilotlar  mulki, inson hayoti, sog’ligi va javobgarligiga raxna solishi mumkin bulgan xavf-xatar va baxtsiz hodisalar hisoblanadi.

         «Sug’urta ishi» fanining o’rganadigan muammolari O’zbekistonda sug’urtaning shakllanish tarixi, sugurta atamalari va tushunchalari, sugurta faoliyatining guruxlanishi va uning tizimni boshkarishdagi roli, sug’urtaning huquqiy asoslari, davlat va xususiy tashkilotlarni boshqarishning xususiyatlari, mulk va mulkiy sug’urta tavsifi va uning jamiyatimiz uchun ahamiyati tadbirkorlik faoliyati sug’urtasi va uning xususiyatlari, qishloq xujaligida sug’urtalashning roli va ahamiyati,  shaxsiy sug’urtaning  fuqarolar farovonligini yuksaltirishdagi roli,  qayta sug’urtalash, sugurta tashkilotlarining moliyasini tashkil etishning xususiyatlari, jahon sug’urta bozori hamda Respublikamizda sug’urta tizimini takomillashtirish  muammo-vazifalari fanning asosiy o’rganadigan muammolari hisoblanadi.

Fanni o‘qitishdan maqsad -«Sug’urta ishi» fanining asosiy maqsadi oliy o’quv yurtlari talabalarining O’zbekistonda bozor infratuzilmasi qaror topayotganda sug’urta bozori, uning iqtisodiy mohiyati, ahamiyati, sug’urtaning tasniflash tushunchalari, davlat va sug’urta kompaniyalarining o’zaro munosabatlarini o’rganishdir.

Fanning vazifalari – bo‘lajak bakalavrlarga o’qitishdan maqsad ishlab chiqarish jarayonining muhim sharti hisoblanmish uning uzluksizligi va to’xtovsizligini ta`minlash maqsadida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tabiiy ofatlar, xavf-xatarlar va baxtsiz hodisalardan himoyalanishni va ularni imkon qadar boshqarishni o’rgatishdan iborat.