Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarga moliya bo’yicha ilmiy-nazariy bilimlarni chuqurlashtirish, shuningdek ushbu bilimlarni amaliyotga tatbiq etish asosida foydalanuvchilar uchun zaruriy ma’lumotlarni shakllantirish, talabalarda kelgusida yuqori malakali iqtisodchi-mutaxassislar bo‘lib yetishishlari uchun moliya munosabatlarini tashkil etishning nazariy, huquqiy, tashkiliy asoslari haqida bilimlar berish, ularda davlatning hozirgi davrdagi moliyaviy siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘nikma va malakalar shakllantirish hamda nazariy bilimlarni amalda tadbiq eta oladigan bakalavrlarni tayyorlashdan iborat.