Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarga qurilish iqtisodyoti bo’yicha ilmiy-nazariy bilimlarni chuqurlashtirish, shuningdek ushbu bilimlarni amaliyotga tatbiq etish asosida foydalanuvchilar uchun zaruriy ma’lumotlarni shakllantirish, talabalarda kelgusida yuqori malakali mutaxassislar bo‘lib yetishishlari uchun qurilish iqtisodiyoti munosabatlarini tashkil etishning nazariy, huquqiy, tashkiliy asoslari haqida bilimlar berish, ularda davlatning hozirgi davrdagi qurilish iqtisodiyotning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘nikma va malakalar shakllantirish hamda nazariy bilimlarni amalda tadbiq eta oladigan bakalavrlarni tayyorlashdan iborat.