Fanni o`qitishdan maqsad - talabalarda investitsiya faoliyati, xorijiy investitsiyalar, ularning turlari, investitsiya siyosati va uni boshqarish, xorijiy investitsiyalar haqida tushuncha va uning mohiyati, xorijiy investitsiyalarning shakl va turlari, investitsiya jarayonlari, xorijiy investorlar xuquqiy holati, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ilmiy - uslubiy asoslari, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag’batlantirishning zamonaviy shakl va usullari, xorijiy investorlar uchun O`zbekiston iqtisodiyotini jalb qiluvchanligini oshirishning asosiy yo`nalishlari, O`zbekiston Respublikasida  tashqi iqtisodiy faoliyatni xorijiy investitsiyalar yordamida rivojlantirishning ahamiyati, xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash usullari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xorijiy investitsiyalarni jalb etish yo`nalishlarini aniqlash bo`yicha yo`nalish profiliga mos bilim, ko`nikma va malaka shakllantirishdir.