“Ishlab chiqarish menejmenti” fanini o`qitishdan maqsad talabalarga zamonoviy ishlab chiqarish to`g’risida malumot va  tushuncha berish, ishlab chiqarish turlari, tuzilishi, ishlab chiqarish ko`lami, mahsulot chiqarishning xisoblanish, ishlab chiqarish ‘oshqaruvni takominlashtirish soxasidagi ilmiy tadqiqotlar bilan tanishtirish va yo`nalish profiligi mos bilim, ko`nikma va malaka shakilantirishdir.”Ishlab chiqarish menejmenti” fanining maqsadi bozor munosabatlariga o`tish sharoitida ishlab chiqarish menejmenti mazmuni va vazifalarni o`zlashtirish, boshqaruvning barcha funktsiyalari o`zaro kelishib faoliyat ko`rsatishni ta`minlash talabalarga ishlab chiqarish menejmentini tashkil qilish va loyixalashtirish borasida ma`lum bilimlar berishdan iboratdir. U menejment asoslarini bilishga asoslanadi va bozor iqtisodiyoti sharoitlarida menejmentning metodologik asoslarini o`rganadi       

            Fanning o`qitishning vazifalari quyidagilardan iborat: ishlab chiqarishning iqtisodiy asoslari; ishlab chiqarish menejmentini tadqiq qilish; ishlab chiqarishning boshqaruv jarayonlari; ilm-fan yutuqlariga asoslangan samarali boshqaruv; bozor munosabatlari sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko`rsatish; mexnatkashlarning ijtimoiy xuquq va kafolatlarini ta`minlash; ishlab chiqarish menejmentini loyihalashtirish.