Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda korxonalar, tashkilotlar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarida mehnat faoliyatini tashkil etish,  ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, bajarayotgan faoliyati bo‘yicha ish rejasini tuzish va uni bajarish, nazorat qilish va amalga oshirilgan ishlarning natijalarini tahlil qilish va baholash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Shuningdek zamonaviy boshqaruv tizimini tashkil etish, tashkilot va korxonalar tashkiliy tuzilishining optimal variantlarini tanlash, boshqaruv tizimining turli pog‘onalarida vakolatlar va vazifalarni taqsimlash, tashkilot va korxonalar boshqarish samaradorligini oshirish, tashkilot va  korxonada mehnatni rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish, korxonada menejer faoliyatini oqilona tashkil etish, boshqaruvda vaziyatli va tizimli yondoshuv tamoyillarini tatbiq etish, boshqaruvda axborot va kommunikatsiyalardar samarali foydalanish, korxonada samarali boshqaruv faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish kabi kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.