Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda energetika sohasining o‘ziga xos xususiyatlari, sohaga doir asosiy tushunchalar, elektr energiyani ishlab chiqarish jarayonlari, qo’llanilish yo’nalishlari va sohaga doir dastlabki ma’lumotlarni berish orqali nazariy va amaliy bilimlarni amalda tadbiq eta oladigan bakalavrlarni tayyorlashdan iborat.

Fanni o’qitishdan maqsad - elektr mexanik tizimlarni avtomatik boshqarishning andazoviy sxemalarni o’qish; o’zgaruvchan va

o’zgarmas tok motorli yopiq elektr mexanik tizimlarning modellari asosida ularning statik va dinamik tavsiflarini shakillanishini; umumsanoat xo’jaligida qo’llaniladigan past va yuqori kuchlanishli elektr mashinalarini tanlash, ishlash prinsiplari va ekspluatatsiyasini hamda ularning ko’rsatkichlarini yaxshilash buyicha yo’nalish profiliga mos bilimlar darajasini ta’minlashdir.

Mikromashinalar fani EEE (elektr mashinasozlik) yo‘nalishi 4 bosqich 7 va 8 semestrlarda o‘tiladigan mutaxasislik fani bo‘lib, fanga umumiy 225 soat, jami 120 soat, ma’ruzaga 60, amaliyotga 24, laboratoriyaga 36, mustaqil ta’limga 105 soat ajratilgan.

Mikromashinalar fani:

-mikromashinalarning xalq xo‘jaligidagi o‘rni, mohiyati va ijtimoiy axamiyati to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishni;

-mikromashinalarni turlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarini va tavsiflarini nazariy va tajriba yo‘li bilan olish va taxlil qilishni bilishi va ulardan foydalana olishni;

-talaba elektr mashinasozligida mikromashinalarni qo‘llash, ishlatish va foydalanish haqidagi ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerakligini o‘rgatadi.

Shu bilan birga mikrotransformatorlar va  elektr mikromashinalarini qo‘llanilish sohasi, konstruksiyasi, ya’ni tuzilishi,  ishlash prinsipi, xarakteristikalari, afzallik va kamchiliklarini  o‘rganamiz. 7 semestrda mikrotransformatorlar va mikro asinxron motorlarni, 8 semestrda esa mikro sinxron va o‘zgarmas tok motorlarini ko‘rib,  o‘rganib, tahlil qilamiz.


Raqamli va dasturiy boshqarish o`quv fani yo`nalish bo`yicha mutaxassislik fanlar turkumiga kiritilgan bo`lib, talabalarga kompyuterli va raqamli texnika hamda texnologiyalarning asoslari, mikroprotsessorli va raqamli texnikaning vositalari, raqamli qurilmalar to`g`risida, zamonaviy bosqaruv dasturi algoritmik tillari, dasturiy boshqarish tizimlari o`rni va ahamiyati haqida to`liq ma`lumotlar berish.