Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda iqtisodiyotimizning texnika – texnologiya, menejment va marketing sohalaridagi ishlab chiqarish, savdo, nazorat va iste’mol bilan bog’liq bo’lgan turli metrologik, standartlashtirish sifat va sifat boshqaruvi, sertifikatlashtirish bo’yicha masalalar bilan shug’ullanish, hamda me’yoriy hujjatlar va standartlar bilan ishlash borasida yo’nalish profiliga mos yetarli bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishdir.

Fanning vazifasi - talabalarga uzluksiz ta’lim tizimida “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” bo’yicha tayyorlashdan kelib chiqib, bunda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish bo’yicha nazariy, amaliy va me’yoriy hujjatlar bo’yicha ma’lumotlar o’rganiladi. Bu borada asosiy masala qilib sifat masalasiga e’tibor qaratiladi.