Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati, ularning milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirishdagi o‘rni va aholining bandlik muammosini hal etishdagi roli to‘g‘risida nazariy hamda amaliy bilimlari, ko‘nikmalarga ega bo‘lishdan iborat.

Fanning vazifasi – talabalarga mamlakatimizda kichik biznes va  tadbirkorlikni rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlarini,  kichik biznes va tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy asoslarini hamda ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalalarini, kichik biznes  va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish, ularning moliyaviy faoliyati va kredit bilan ta’minlash shakllarini, kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining bank, soliq va audit bilan bo‘ladigan aloqalarini, axborot bilan ta’minlash usullarini va iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llarini o‘rgatishdan iboratdir.

Fanning asosiy vazifasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni, kichik biznes va  tadbirkorlikni iqtisodiyotda tutgan o‘rni, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish va tahlil etish, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarish, kichik biznes va  tadbirkorlikni bank, soliq, sug‘urta, bojxona kabi tashkilotlar bilan munosabatlari, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llarini bilish va o‘rgatish;

yangi korxonani tashkil etish, uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya olish tartibi, texnik-iqtisodiy asoslash va va biznes-reja ishlab chiqish, kichik korxonani boshqarish, kichik korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish, kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarida marketing faoliyatini tashkil etishning uslubiy asoslari bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishni o‘rgatish;

kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishlari haqida, kichik biznes va tadbirkorlikni belgilovchi mezonlar haqida, kichik biznes va  tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab - quvvatlash haqida, kichik biznes va  tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab - quvvatlashning xorijiy mamlakatlar tajribasi haqida. kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish, ulardan olinadigan soliq turlari va soliq imtiyozlari haqida, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni o‘rgatish.