Fanni o’qitishdan maqsad – Qurilish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va boshqa barcha turdosh sanoatdagi barcha texnologik jarayonlar va qurilmalarni turlarini va asoslarni o`rgatishdir. “Qurilish materiallari texnologiyasida jarayon va apparatlar” fanini o`zlashtirishning nazariy asoslarini chuqurlashtirib, jarayon va qurilmalari o`rganishga ijobiy yo`ndoshish  imkonini beradi. Undan tashqari, bu fanda qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasini qurilmalarini hisobida gidromexanik, issiqlik, modda almashinish va mexanik jarayonlarni hamda qonuniyatlarini, qurilmalarini hisobida to`g’ri qo`llashni o`rganish.

        Ushbu maqsadga erishish uchun-asosiy jarayon va qurilmalarning nazariyasi, ushbu jarayonlarni amalga oshiruvchi mashina va qurilmalarning tuzilish printsiplari va ularni hisoblash uslublarini o`rgatishdan iborat.  “Qurilish materiallari texnologiyasida jarayon va apparatlar” fanini maqsadi va vazifalari talabalarga sanoatdagi jarayon va qurilmalar to`g’risida to`liq tushuncha hosil qilish, texnologik jarayonlar ketma-ketligi va tasnifini tasavvur qila olishdir, talabalar umumiy holda qurilish  sanoatida tegishli barcha jarayon va qurilmalar tuzilishini to`liq bilishini ta`minlaydigan tushuncha hosil qilish.