«Zamonaviy menejer shaxsi» fanini o‘qitishdan maqsad: menejer kadrlarni tayyorlash, talabalarda zamonaviy menejer uchun zarur bo‘lgan kasbiy va axloqiy xususiyatlarni tarbiyalashdan iborat.

biznes modellarining konseptual asoslarni o'rganish;

- biznes strategiyasining asosiy tushuncha va kategoriyalarini o'zlashtirish;

- biznes strategiyasini samarali amalga oshirishning tamoyillari, usullari va zamonaviy texnologiyalarni o'zlashtirish.


Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda innovasion faoliyat tajriblari, yangiliklar, ixtirolarni boshqarish xaqida tushuncha berib, yangi faoliyat turlarini o‘zlashtirish, ichki muhitni qayta shakllantirish va tashqi muhit bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmini rivojlantirish orqali bilimlarni yaratish, o‘qitish va bilimlarni amaliyotga joriy etish sohalaridagi cheklanmalarni oshib o‘tish uchun muntazam ravishda harakat qiladigan etuk kadrlarni tayyorlash va ularga inovasiyalarni boshqarish, texnologiyalarni tijoratlashtirish hamda transfer qilish borasidagi chet el tajribasini o‘rgatishdan iborat.


Fanni o’qitishdan maqsad – Fanni o‘qitishdan maqsad –talabalarga mahalliy iqtisodiy salohiyatni aniqlovchi omillarni va iqtisodiy rivojlanish siyosati to‘g‘risida chuqur tushuncha berish bilan birga, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni (innovatsiyalar va inson kapitalidan tortib, bilimlarni tarqatish va global tarmoqlargacha) turli xil makro va mezo omillarini aniqlash uchun mahalliy va mintaqaviy iqtisodiy rivojlanishning turli xil nazariyalari va yondashuvlari bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim va malaka shakllantirishdir.

Fanni vazifasi – mahalliy salohiyat xususiyatlarini hisobga olgan holda iqtisodiy rivojlanish siyosatini yuksaltirish bo‘yicha vazifalarini mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan mushtarak holda amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rgatishdan iborat.

  Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi“Mahalliy salohiyat va iqtisodiy rivojlanish siyosati” fanini o’rganadigan bilimlarni chuqur egallashi uchun talaba oldin “Iqtisodiyot”, “Korxona iqtisodiyoti”, “Sanoat iqtisodiyoti”, “Mintaqa iqtisodiyoti”, “Menejment”, “Ijtimoiy menejment”, “Korporativ boshqaruv”, “O’zbekiston milliy iqtisodiyoti” kabi fanlarni o’zlashtirishi shart.