Ишончлилик назариясининг асосий тушунчаси бузилишдир.

Бузилиш деб транспорт воситаси (агрегат, узел ёки тизим) ишлаш қобилиятининг тўлиқ ёки қисман йўқотилиши тушунилади. Бу ҳолатда транспорт воситаси ўз вазифаларини меъёрий-техник хужжатларда келтирилган параметрлар талаблари даражасида бажара олмайди.  Носозлик деб транспорт воситаси (агрегат, узел ёки тизим) нинг техник ҳолатини характерловчи параметрлардан лоақал биттасининг рухсат этилган чегарадан четга чиқиши тушунилади.

Transport  vositalarida ishlatiladigan ekspluatatsion materiallar fani orqali avtomobildagi qismlar materiallari va mahsulotlari haqida umumiy ma'lumotlar beriladi.

Transport vositalari konstruktsiyasi va nazaryasi bo'yicha ma'lumotlar havola etiladi.

Issiqlik texnikasi kursi umumtexnika fanlari qatoriga kiradi. Ushbu kurs o‘quvchilarni turli xil energiyaning olinishi va o‘zgartirilishi jarayonlari bilan, issiqlikning bir fizikaviy jismdan boshqasiga uzatilishi usullari, shuningdek, turli xil issiqlik-bug‘ generatorlari, issiqlik mashinalari va apparatlarining tuzilishi va ishlashi bilan tanishtiradi.

Issiqlikdan foydalanishning ikki: energetikaviy va texnologik turi bor. Issiqlikdan energetikaviy foydalanish issiqlikni mexanikaviy ishga aylantirish jarayonlariga asoslangan. Bu jarayonlar texnikaviy termodinamikada o‘rganiladi.


        Oliy ta`limning Davlat ta`lim standartiga ko`ra oliy o`quv yurtlarida  o`qitiladigan “Transport vositalarining  elektr va elektron jihozlari” fani talabalarni mamlakatimizda transport sohasini rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etadigan tarmoq hisoblanadi. Transportdagi ishchi jarayonlarni avtomatlashtirish,  harakat xavfsizligini ta’minlash ushbu soha vazifasiga kiradi. iqtisodiy rivojlanish an’anasi, istiqboli hamda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari va ishlab chiqarishdagi muammolarining ta’siri masalalarini qamrab olgan. “Transport vositalarining  elektr va elektron jihozlari” fani fuqarolarning sog’lig’ini saqlashda barcha ishlab chiqarish sohalarida asosiy o`rinlardan birini egallaydi.

     Fanni o`qitilishining maqsadi – transport vositalarining  elektr va elektron jihozlari bo’yicha chuqur bilim berish va uning asosida avtomobillarning elektr va electron jihozlarini samarali hamda ishonchli ishlatish uslublarini o’rgatish,  hamda zamonaviy avtomobillarning o’t oldirish, darak beruvchi, nazorat-o’lchov asboblari va yoritish  tizimlariga xizmat ko’rsatish asoslarini o’rgatish, elektr jihozlarini rivojlanish istiqbollari bilan talabalarni tanishtirish ularda elektr jihozlarini sinash va olingan natijalarga ko’ra  asosli xulosalar bo’yicha  ularni amaliyotga tadbiq etish ko’nikmalarini hosil qilishdan iborat.